“Navro’z” bayramini nishonlashga tayorgarlik ko’rish maqsadida HKQQ tizimida xashar o’tkazildi

Posted by:

Yurtimizda “Navro’z” bayramini munosib nishonlashga tayorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlastirishga qaratilgan  xashar o’tkazilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining   2017 yil 28 fevraldagi 201-F sonli  hamda 2  martdagi 208-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida,       HKQQ tizimida 2017 yil  11-12 mart kunlari umumxalq xashari tashkil qilindi.

Xasharda HKQQ Shtabi va 1,2,5,7,8,9 va 10-AHKQVzvodlari ma’muriy binosi va yon-atroflari keraksiz chiqindilardan tozalandi, daraxtlar oqlandi, yerlar chopildi, yangi gul va daraxt ko’chatlari o’tkazildi.

HKQQ va AHKQV xodimlari mamlakatimizning gullab-yashnashiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shish maqsadida keng qamrovli ishlarni amalga oshirdilar.

Xashar yurtimizda tinchlik-totuvlik, hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish, yoshlar shuuriga chuqur singdirish va eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment