HKQQismlari faoliyatiga 30 yil yubiley bayram tadbirlari bo’lib o’tdi.

Posted by:

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi  tashkil topganligiga  2022 yil 3 fevralda 30 yil toldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 3 fevral 1992 yildagi 27 f-sonli farmoyishiga asosan ixtisoslashtirilgan tashkilot sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʼmitasi (Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi) tarkibida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi tashkil qilingan. Shu munosabat bilan HKQQ bo’linmalarida bayram tadbirlari otkazildi.

Tadbirda  barcha bo’linmalar shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi tashkil topganligiga 30 yil to’lganligi  munosabati bilan HKQQ boshlig’i M.M.Abdibayevning bayram tabrigi oqib eshitirildi.

Bo’linmalarda komandirlar va shaxsiy tarkibga ishtirokchilariga HKQQ tashkil topishi,  tarixi va faoliyati bo’yicha ma’lumot berildi.

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment