O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasining Harbiylashtirilgan

kon-qutqarish qismining asosiy faoliyati

HKQQning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda avariyaga uchragan insonlar xayotini saqlab qolish va evakuatsiya ishlarini olib boradi;

avariya joyida jarohat olgan kishilarga tez tibbiy birinchi yordam ko‘rsatadi, yer osti tog‘-kon ishoatlarida, tashqarida jonlantirish ishlarini olib boradi, odamlarni evakuatsiya qiladi;

yong‘inlarni o‘chirish, avariyalar oqibatlarini tugatish, shu jumladan ko‘mir va gazning to‘satdan otilishi,oqma soylarning yorib chiqishi, kovlanayotgan konlarning cho‘kishi va bosib qolishi (o‘pirilishi) oqibatlarini bartarav etish ishlari, shuningdek, ajratib qo‘yiladigan nafas olish apparatlari va maxsus jihozlardan foydalangan holda texnikaviy tadbirlarni amalga oshiradi;

avariyalarni bartaraf etish rejasi asosida korxona xizmat ko‘rsatayotgan yer ustida joylashgan inshoatlarda avariya oqibatlarini bartaraf etadi va yong‘inlarni o‘chiradi;

tasdiqlangan grafik asosida xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda ehtimol tutilgan avariyalarni bartaraf etishga tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlarni olib boradi;

favqulodda vaziyatlarda xatti-xarakatlarning yagona davlat tizimi funksiyalaridan kelub chiquvchi majburiyatlarni bajaradi;

xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda PLA ning ishlab chiqilishi va kelishuvida ishtirok etadi;

korxonalarning PLAga binoan tog‘-konda qutqaruv ishlarini olib borish va avariyalarni bartaraf qilishga tayyorgarlik darajalarini monitoring qiladi;

ruda va ko‘mirning (tog‘ jinslari) o‘z-o‘zidan yonishining boshlang‘ich bosqichida aniqlash ishlarini olib boradi;

xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda shaxtadagi havo tarkibidan na’muna olish, sifati va yonuvchanligini analiz qilish ishlarini olib boradi;

xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda turg‘unlik va gazni planga olish ishlarini olib boradi ( shaxtaning tog‘ inshoatlarida turg‘un xolatni saqlash va havoni taqsimlanishini o‘rnatish maqsadida olib boriladigan xarakatlar majmui, tog‘dagi qazilayotgan joylarning aniq qarshiliklarining axamiyati xaqida ma’lumot olish, zarurat yuzaga kelganda shaxtada havoning yoqolishi sabablarini aniqlash, shu bilan birga gazlarning taqsimotini o‘rnatish);

xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar va boshqa xavfli sanoat ob’ektlarida avariyaga qarshi himoya masalalarining loyixasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

korxonaning yordamchi tog‘-kon qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda metodik dasturlarni amalga oshiradi;

atrof muxitning xolatini monitoring qiladi vakorxonaning tugatilayotgan ob’ektlarida tog‘-kon ishlarini olib borishda yuzaga kelgan atrof muhitga nojo‘ya tasiriga barham berish ishlarini olib boradi;

xorijiy xamda maxalliy HKQQ ishchilarining qayta tayyorlanishlari va kasbiy ta’lim olishlarini ta’minlaydi,;

korxona ishchilari, injener-texnik ishchilarga tog‘-konlarida va yer osti sharoitlarida xavfsiz ish olib usullari, avariya holatlarida xavfsiz hatti-harakatlar va shahsiy himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi;

havfli sanoat ob’ektlarida konda xatardan qutqarish ishlari va avariyalardan himoya qilish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va loyixa-konstruktorlik ishlarini olib boradi;

ajratib qo‘yuvchi nafas olish apparatlarini, nazorat qiluvchi asboblarni, avariya aloqasi va boshqa maxsus asbob-uskunalarni tuzatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatadi;

maxalliy va xorijiy konda xatardan qutqaruv, avariya qutqaruv xizmatlari va kismlar bilan ish tajribasi almashishni tashkil qilmoq;

xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar va boshqa xavfli sanoat ob’ektlarida alohida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularning avariyadan himoyalanishini kuchaytirishga, odamlarni qutqarishga va avariyalarni bartaraf etishga tayyorligigaqaratilgan ishlarni olib boradi.