“Dehqonbod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodining shaxsiy tarkibi ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 11-sentabr kuni, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonbod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodining “Xizmatni o‘tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”ga muvofiq, zaxira bo‘limma shaxsiy tarkibi ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulot jarayonida, xizmat ko‘rsatiluvchi kon majmuaning yer osti berk kon lahimida yong‘in chiqganligi va uning oqibatida yong‘in ortida kon ishchilari qolib ketganligi haqidaga habardan so‘ng kon qutqaruvchilar tomonidan tezkor ravishda kon qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va yong‘in o‘choqlarini kengayib ketmasligini oldini olish maqsadida xududni vaqtincha izolyatsiyalash ...

Continue Reading →
0

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi!

Posted by:

Joriy yil 11 sentyabrda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Xondiza kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi bo‘limma shaxsiy tarkibini kon lahimlarida changlanishning sanitariya meyorlari haqida va changlanish miqdorini aniqlab beruvchi avtomatik ejektor (bug‘ kuchi bilan ishlaydigan mexanizm)li “AERA” kon aspriatorini qo‘llanilishi to‘g‘risidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida kon lahimidan turib amaliy tarzda o‘quv mashg‘uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi! 

Posted by:

Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish muhim hisoblanadi.
Aynan shu maqsadda kuni kecha, “DKZ” AJ kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodida, bo’linma faoliyatida ishlatiladigan asbob-anjomlar, qurilmalar va texnikalarni tekshirish, sozlash, texnik ko’rikdan o’tkazish va profilaktik ishlarda biriktirilgan shaxslar tomonidan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga rioya etish bo’yicha tushunchalarini yanada mustahkamlash maqsadida ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
O’quv mashg’ulot davomida “Mehnatni muhofaza qilish ...

Continue Reading →
0

HKQQ bo‘linmalarida mustaqillikning 32-yilligiga bag’ishlangan “Ma’rifat soati” bo’lib o’tdi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining barcha bo’linmalarida, O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan shaxsiy tarkib ishtirokida «Ma’rifat soati» o’tkazildi.
“Yangi Hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” degan bosh g’oya asosida o’tkazilgan ushbu tadbirlarda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʻnaviy-maʻrifiy sohalarda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida ko’p millatli yurtimizning farovon hayotini taʻminlashga qaratilgan ishlar, shuningdek qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash, tinch va osuda hayotimiz kafolati haqida so’z yuritildi.

Continue Reading →
0

Bo’limma saf tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuksak harbiy intizomini mustahkamlash, o’z xizmat burchiga bo’lgan sadoqat va masʻuliyat hissini oshirish, komandir va shaxsiy tarkib o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni qo’llab-quvvatlash hamda professional kasbiy mahoratlarini yanada rivojlantirish maqsadida, bo’linma kun tartibiga muvofiq saf tayyorgarligi mashg’ulotlari o’tkazilib kelinadi.

Shu munosabat bilan kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi HKQOtryadi va “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvod shaxsiy tarkibining saf ...

Continue Reading →
0

Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni o’rganish ishlari

Posted by:

Xizmat ko’rsatuvchi korxona va inshootlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni bartaraf etish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkillashtirish va uni olib borishda, kon qutqaruvchilarning professional tayyorgarligiga alohida eʻtibor qaratilib kelinadi.
Shunday tayyorgarliklardan biri, joriy yilning 2 sentyabr kuni “Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida o’tkazildi.
Bo’linma “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, xizmat ko’rsatiluvchi konlarning ABER chizmasidagi pozitsiyalar, xududining nomi va avariyalar sodir ...

Continue Reading →
0

10-AHKQV va “Xondiza” HKQV Shaxsiy tarkibi bo’limmalar o’rtasida jismoniy va saf tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazidi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda yuksak harbiy intizomni mustahkamlash, bir-birlariga bo’lgan hurmat va eʻtiborni yuksaltirish, o’z kasbiga bo’lgan masʻuliyatni yanada oshirish maqsadida bo’limmalar o’rtasida jismoniy va saf tayyorgarlik mashg’ulotlari muntazam ravishda o’tkazilib turiladi.
Navbatdagi o’quv mashg’ulotlar, joriy yilning 28-29 avgust kunlari, 10-AHKQV va unga qarashli “Xondiza” HKQVzvodida o’tkazildi. Bo’linma kun tartibiga muvofiq o’tkazilgan ushbu mashg’ulotlarda, komandirlar tarkibi rahbarligida shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik bo’yicha (100 metrga yugurish, turnikda tortilish, brusda) atletik mashqlar va bo’limmaning ...

Continue Reading →
0

Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda.

Posted by:

Joriy yilning 28 avgust kuni, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo‘limma shaxsiy tarkibini xizmat ko‘rsatiluvchi kon majmuada avariyalar sodir bo’lganda taktik harakatlar muvofiqligini yanada mukammallashtirish maqsadida navbatdagi taktik tayyorgarlik mashg’uloti o’tkazildi.
Mazkur tayyorgarlik jarayoniga maxsus qon-qutqaruv asbob-uskunalar, havfli gazlar miqdorini aniqlovchi qurilmalar va avtotexnikalarni jalb qilgan holda avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, kon lahimlari orqali avariya sodir bo’lgan hududda qolgan odamlarni izlab topish va ularga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish ...

Continue Reading →
0

HKKQ boʻlinmalari shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringi.

Posted by:

Joriy yilning 24-25 avgust kunlari, HKQQ shtabining tegishli buyrug’iga muvofiq, Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) bo’linmalarida jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringini olib borish hamda shaxsiy tarkib xarbiy intizomi holatini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida, HKQQ shtabi tezkor-texnik bo’limi muxandisi “Dehqonobod” HKQVzvodiga tashrif buyurdi.

Amaliy tashrif doirasida, bo’limma shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik bo’yicha 100 metrga (tezlikda yugurish), qo’lga tayangan holda atletik moslama (turnik)da mashqlar bajarish va 1000 metrga yugurish mashqlari baholandi va saf tayyorgarligi bo’yicha nazorat ...

Continue Reading →
1
Page 10 of 42 «...89101112...»