Taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Joriy yil 26 fevralda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi komandirlar tarkibining bevosita ishtirokida, bo’limma shaxsiy tarkib taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlarini tezkorlik va aniqlik bilan belgilangan meʻyoriy vaqtlarda bajarilishi hamda murakkab tor lahimlardan o‘tish harakarlarini yanada yashshilashga qaratilgan amaliy o’quv mashqlar  o’tkazildi.
    Bundan tashqari shaxsiy tarkibni issiqlikka chidamlilik va jismoniy ishchanligini oshirish maqsadida havo harorati yuqori va namlik darajasi oshirilgan maxsus jihozlangan issiqlik kamerasida mashqlar olib borildi.

Continue Reading →
0

Bo‘limmaning taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Joriy yil 22 fevralda, “DKZ” AJga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi rahbarligida, zahira bo‘limmaning taktik-texnik tayyorgarligi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashqlarda sinash maqsadida taktik-tehnik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Amaliy o’quv mashg’ulotda, bo’limma shaxsiy tarkibining kon-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va biriktirilgan maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlarni gazli muhitga tayyorlash ko‘rigi o‘tkazilib, avariya sodir bo’lgan hududda qolgan jabrlanganlarni izlab topish va ularga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish bo’yicha kompleks mashqlar bajarildi.

Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyatidan!

Posted by:

Joriy yil 21 fevral kuni, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi er osti konlari va ochiq usulda qazib olish kar’erlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi bilan o‘tkaziladigan nazariy va amakiy o‘quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, gaz-tahlil laboratoriya mudiri rahbarligida er osti kon lahimlarida vujudga keladigan xavfli gazlarning fizik va kimyoviy hossalari to‘g’risida nazariy o’quv mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.
Tarkibida yonish va portlash hususiyatiga ega bo‘lgan elementlarni kislorod bilan birikishi va hosil bo’ladigan kimyoviy aralashmaning formulyar ko’rinishlari ko’rsatib o’tildi.

Continue Reading →
0

Nazariya va amaliyot uyg’unligi!

Posted by:

Joriy yil 19 fevralda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Xondiza” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va bo‘limma shaxsiy tarkibi ishtirokida kon lahimlarining birida taktik o‘quv mashg’uloti o’tkazildi.
    Baxtsiz xodisa oqibatida jabrlanuvchida shikastlanish va jarohatlanish holatlari kuzatilganda, kon qutqaruvchilar tomonidan tezkor tibbiy yordamni ko’rsatish, er yuzasiga evakuatsiya qilish jarayonida murakkab tik kon lahimlaridan olib chiqishda tibbiy zambilga bog’lash tartibi va usullari bo’yicha bilim va mahoratlari yanada mustahkamlandi.

Continue Reading →
0

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

 Joriy yilning 19 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi profilaktik ishlar bo’yicha komandir yordamchisi va kon muhandis-texnik xodimi ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Ko‘chbuloq” konining “Semg’uron” uchastkasida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbir jarayonida, xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiqlik monitoringini olib borish ishlari, konni shamollatish tizimining holati o’rganildi va shu bilan birga kon ishchilarining avariyaviy holatlarda o’z-o’zini qutqaruvchi (SI-30) qurilmasini qo’llash ...

Continue Reading →
0

Jarohatlanishlarda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam bo’yicha amaliyot mashqlari bajarildi.

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otradi bo‘limma shaxsiy tarkibi ishtirokida avariya oqibatida qolgan odamlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish turlari va usullari haqida amaliyot o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
    SHaxsiy tarkibning tibbiy tayyorgarlik boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotda, odam bosh qismi jarohatlanish turlari va unga bogʻlamalar qoʻyish usullari amaliy tarzda ko’rsatib o’tildi.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida monitoring o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yil 15 fevral kuni “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va kon majmua rahbariyati bilan kelishilgan holda profilaktik tadbirlar jadvaliga muvofiq, vzvod komandirlar tarkibi hamda zavod muhandis-texnik va mehnat muhofazasi hodimlari ishtirokida xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiqlik monitoring olib borildi. Kon shamollatish tizimini modernizatsiya qilish ishlari doirasida harid qilingan yangi konni revers holatida shamollatish qurilma (DTF(R)-25)sini bosh shamollatish kanaliga o‘rnatish jaryonida komandirlar tarkibi ishtirok etib, o’rganish ishlarini olib borishdi.

Continue Reading →
0

Kon qutqaruvchilarning maxsus jismoniy mashqlarda toblanmoqda.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo‘linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuqori jismoniy va ruxiy tayyorgarligini mustahkamlab borish va murakkab bo‘lgan muhitga moslashuvchanlik darajasi va jismoniy ishchanligini oshirish mashqlariga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Ana shunday tadbirlardan biri, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadida o’tkazildi.
HKQOtryad xizmatni o‘tash va maxsus tayyorgarlik jadvaliga muvofiq o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, kon qutqaruvchilar maxsus kiyimda R-30 qurilmasidan foydalanib maxsus jismoniy mashqlarni bajarishdi.

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yilning 12 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirining profilaktik ishlar bo‘yicha yordamchisi ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, shaxta qurilish boshqarmasiga qarashli “Qayrag’och” konida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
    Profilaktik tadbir mobaynida, konni avariyalarni bartaraf etish rejasiga ko’ra muntazam ishlab turuvchi qurilmalar, yong’inni bartaraf tizimining amaldagi texnik reglament talablariga muvofiqligi, kon lahimlarining holati va o’rnatilgan elektr energiyani uzatish tarmoqlarining yaroqliligi va foydalanishda texnik havfsizlik ...

Continue Reading →
0

Kon qutqaruchilar maxsus tayyorgarligi.

Posted by:

Joriy yilning 11 fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi”ga qarashli konlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”ga muvofiq, shaxsiy tarkibning havo harorati yuqori va namlik darajasi oshirilgan muhitga moslashuvchanligini hamda jismoniy yuklamalar berish orqali jismoniy ishchanligini oshirish va organizmga ta’sirini baholash maqsadida issiqlik kamerada maxsus mashqlar olib borildi.

Continue Reading →
0
Page 2 of 41 12345...»