Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi (HKQQ) boshlig’i

Abdibayev Muratdjan Maxmudjanovich

Abdibaev Murodjon Maxmudjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasining «Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi» shtabi boshlig‘i , 1959 yil 11-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek.  Ma’lumoti oliy. 1982 yilda A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutini “kon muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

1982 yildan 1983 yilgacha Angren shahridagi “O‘rta Osiy ko‘mir” Ishlab chiqarish birlashmasi №9 shaxtasida kon ustasi bo‘lib ishlagan. 1983 yilda №9 shaxtada shaxta transporti uchastkasi boshlig‘ining yer osti o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1984 yilda №9 shaxta uchastkasi boshlig‘i yer osti o‘rinbosari. 1985 yilda  “O‘rta Osiyo ko‘mir” Ishlab chiqarish birlashmasi №9 shaxta  tarnsporti uchastkasi yer osti boshlig‘i etib tayinlangan. 1987 yildan 1989 yilgacha №9  shaxtasi “Uglegaz” uchastkasi yer osti kon ustasi bo‘lib ishlagan, so‘ngra №9 shaxta №6 yer osti uchastkasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, keyinchalik №9  shaxtasi yer osti uchastkasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.  Shundan so‘ng №9 shaxtasi shaxta transporti uchastkasi yer osti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.  1989 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazorati Angren kon texnik nazoratining uchastka kon texnik nazorat noziri lavozimini egallagan, keyinchalik 1990 yildan 1992 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazoratining ko‘mir, kon ruda va noruda sanoatida nazoratning viloyatlararo nazorati kon texnik noziri lavozimini egallagan. 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazoratining ko‘mir, kon ruda va noruda sanoatida nazoratning oblastlararo nazorati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallagan.

1993 yildan hozirga kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

“Ko‘mir” Ishlab chiqarish birlashmasining 2003 yil 14-maydagi № 67-buyrug‘i bilan III-darajali “Shaxtyorlik shuxrati” belgisi bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Qizilqum noyob metal oltin” Davlat konsernining 2007 yil  29 noyabrdagi № 1580-buyrug‘i bilan II-darajali “Konchilik shuxrati” belgisi bilan taqdirlangan.