Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda profilaktik tadbirlar o’tkazildi.

Posted by:

   Joriy yilning 10 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar tarkibi hamda kon muhandis texnik hodimi ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, shaxta qurilish boshqarmasi “CHumauq” konida profilaktik ishlar o’tkazildi.
    Profilaktik tadbir jarayonida, konni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiqligini monitoring qilish hamda konda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni oldini olishga yunaltirilgan tadbirlar ko’zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyatidan! 

Posted by:

Joriy yilning 9 kuni, “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi gaz-tahlil laboratoriya mudiri rahbarligida, er osti kon lahimlaridagi havo oqimining o‘rtacha tezligini aniqlashda qo’llaniladigan (АСО-3) qanotli anemometridan foydalanish uslubi va texnik tavsifini shaxsiy tarkibga yoritib berish maqsadida ko’rgazmali prezentatsiya uslubida o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Bo’limma jismoniy tayyorgarligi ko’zdan kechirildi!

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo’linmalari shaxsiy tarkibi o’rtasida jismoniy tarbiya va sport turlarini shakillantirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 10 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida 100 metrga yugurish, turnikda tortilish, brusda ishlash va tosh ko’tarish mashqlari bajarildi.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda texnik ishlar amalga oshirildi! 

Posted by:

Joriy yilning 6 fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli shaxta usulida ko’mir qazib olish filiali SHUQQO ko’mir koni rahbariyarining tegishli ko’rsatmasi bilan uzoq yillar mobaynida ishga tushurilmayotgan konni ishga tushurilishi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida kon lahimlarini o’rganish va xavfsizlik choralarini ko’rish maqsadida texnik ishlar olib borildi.

Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyatidan! 

Posted by:

2024 yil 6 fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-chi alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi gaz taxlil laboratoriya mudiri rahbarligida, konda portlatish ishlaridan so‘ng kon lahimlaridagi xavfli gazlar miqdorini aniqlash va olingan namunalarni tahlil qilish usullari to’g’risida nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot jarayonida, konda portlatish ishlaridan so’ng vujudga keladigan gazlar to’g’risidagi ma’lumoti va namuna olishda qo’llaniladigan asbob-uskunalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

Qat’iy tartib intizom – yuksak jismoniy tayyorgarlik!

Posted by:

Joriy yilning 3 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi hamda “Xondiza kon boshqarmasi”ga xizmat ko’rsatuvchi “Xondiza” HKQVzvodlar shaxsiy tarkibining jangovor shayligini oshirish va harbiy tartib intizomoni saqlash maqsadida, jismoniy va saf tayyorgarligi amaliy o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.
“Xizmatni oʻtash va maxsus tayyorgarlik jadvali»ga muvofiq olib borilgan ushbu mashqlarda, kon qutqaruvchining jismoniy va saf tayyorgarligi bo‘yicha egallagan bilim va mahoratlarini yanada mukammallashtirish hamda komandir (boshliq) va shaxsiy tarkib o’rtasida ...

Continue Reading →
0

Kon-qutqaruvchilar maxsus tayyorgarligi sinovdan o’tkazildi.    

Posted by:

2024 yil 2 fevral kuni, “DKZ” AJ kon majmualariga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, kon-qutqaruvchilarning issiqlikka chidamliligini tekshirish maqsadida maxsus tayyorgarlik mashqlari bo’lib o’tdi. Jismoniy yuklamalar berish orqali ularning kardio ko’rsatkichlarini me’yoriy ko’rsatkichlar bilan muvofiqlik darajasiga hamda tananing issiq muhitga moslashuvchanligini oshirishga erishildi.

Continue Reading →
0

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yil 2 fevralda “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi bo’limma shaxsiy tarkibi tomonidan, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “CHumauk” va “Samarchuk” uchastkalarida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
    Profilaktik tadbirlar jarayonida, konlar infratuzilmasini amaldagi xavfsizlik talablariga muvofiqligi va shamollatish tizimining holati ko’zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Er osti yong’inlarini o’chirish bo’yicha kon-qutqaruvchilar mahoratini oshirish maqsadida o’quv mashg’uloti tashkil etildi.

Posted by:

Yurtimizda davom etayotgan «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida, kuni kecha Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutaruv ishlarini olib boruvchi 5-chi Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi ishtirokida yong’inlarni oldini olish borasida taktik-texnik tayyorgarlik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida, shaxsiy tarkibga yong’in turlari, kelib chiqish sabablari va hatarli omillari hamda yo’ng’inni bartaraf etishda qo’llaniladiga kuch vositalari to’g’risida ko’rgazmali plakatlar va video ko’rinishidagi ko’rsatmalaridan foydalanildi. Mashg’ulot yakunida yo’ng’inni o’chirish amaliyoti bo’yicha bajarildi.

Continue Reading →
0

Rahbar mas’uliyati – faoliyat barqarorligi! 

Posted by:

Joriy yil 30 yanvar kuni Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi shtabi boshligi tomonidan, “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli konlarga xizmat ko‘rsatuvchi Angren shahrida joylashgan, 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodiga tashrif buyurib, bo’linmaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda gaz-tahlil laboratoriya faoliyatini ko’zdan kechirdi.
O’rganish ishlari mobaynida shaxsiy tarkib bilan suhbat o’tkazib, kon-qutqaruvchilarning professional kasbiy mahoratini oshirish, jangovor va harbiy ijro intizomini mustahkamlash, kun tartibiga muvofiq xizmatni olib borishda kon-qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Continue Reading →
0
Page 3 of 41 12345...»