Baymuhamedov Shavkat Kabulovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qism”  bosh muxandisi,  1958 yilda 17 aprelda, Xorazm viloyatining Xazorasp shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1981 yilda A.R.Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Politexnika institutni “Konda yer osti qazilmalarini texnologik va kompleks mexanizatsiyalash” yo‘nalishini tamomlagan.

1981-1984 yillari  Karaganda ilmiy  izlanish ko‘mir institutida,  O‘rta osiyo  bo‘limida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

1984 yildan “Harbiylashtrilgan kon-qutqarish qism” Angren shahridagi 2-AHKQVzvodi komandir yordamchisi lavozimida ishlagan.

1992 yildan bosh muhandis lavozimi muovini bo‘lib ishlagan, 1999 yildan HKQQ Shtabi depression-gaz s’yomka xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlagan, 2002 yildani HKQQ boshlig‘i muovini bo‘lib ishlagan.

2010 yildan hozirgi kungacha HKQQ Shtabi bosh muhandisi lavozimida ishlab kelmoqda.