Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qism tarixi

Konchilarning xavfsiz mehnati konda qutqaruvchilar faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Kun va tunning istalgan paytida xavotir signali olgandan so‘ng konda qutqaruvchilar birdaniga chiqishga va avariyaga duch kelgan odamlarni qutqarish bo‘yicha ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga va avariya holatini bartaraf etishga tayyor.

Konda qutqaruvchilar – kollektivchilik va do‘stlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan insonlardir. Ular doim xolis, jasoratga intilgan va tayyor. Ularning shiori: “Konda qutqaruvchi! Unutma: avariyaga duch kelgan odamlarning birinchi fikri senga yo‘naltirilgan. Odamlarning hayoti sening bilimlaring va mohir harakatlaringa bog‘liq”.

Konda qutqaruv ishining yuzaga kelishi 1870 – 1880 yillarga to‘g‘ri keladi. Bunday drujinalarni tashkil etishga bo‘lgan zaruriyat shaxtalarda avariyalar va halokatlarning o‘sib borishi bilan bog‘liq Shu paytdan boshlab Donbass shaxtalarida eng tajribali va jismonan bardoshli shaxtyorlardan birinchi ko‘ngilli qutqaruvchilar drujinalari tuzila boshlandi. Bu drujinalarga tog‘ muhandis-tashabbuskorlari rahbarlik qilishdi.

Rossiyada konda qutqaruv xizmatini tashkil etish 1902 yilda jamoatchilik bosimi ostida Rossiya Janubi tog‘ sanoatchilarining XXVII se’ezdida ko‘rib chiqildi. Ushbu s’ezdning qarori bilan Donbassning eng xavfli konlarida bir nechta qutqaruv stansiyalari tashkil etish zaruriyati belgilandi. Faqat 1907 yilda birinchi konda qutqaruv stansiyasi Makeevkada faoliyat yurita boshladi. Bu stansiyada shaxtaga kirish uchun to‘rta ot va furgon bo‘lgan. Barcha mavjud konda qutqaruv jihozlari chet elda ishlab chiqarilgan bo‘lgan.

Konda qutqaruv xizmatining kon ishlarini xavfsiz olib borishdagi o‘sib borayotgan roli doim kun tartibida bo‘lgan. Butun Rossiya Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Sovetining 1922 yil 6-iyulda qabul qilgan “RSFSRda konda qutqaruv va sinov ishi to‘g‘risida” gi qarori Konda qutqaruv ishining rivojida va uni ilmiy asoslarga qo‘yishga kuchli turtki bo‘lgan. Ushbu muhim hujjat mamlakatda yuqori mobil, texnik ta’minlangan, tezkor konda qutqaruv qismlarini tuzishga asos solgan.

Konda qutqaruv xizmatining keyinchalik mukammallashuvi 1934 yilda konda qutqaruv stansiyalarining harbiylashtirilishi va qayta tuzilishi bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda boshqaruv markazlashtirilgan va konda qutqaruv harbiylashtirilgan qismlari oldiga qo‘yilgan vazifalar konkretlashtirilgan.

HKQQ ning ular xizmat ko‘rsatadigan korxonalar bilan birgalikda o‘n yilliklar davomida ishlatib ko‘rilgan va sinalgan tajribasining ko‘rsatishicha, HKQQ tezkor bo‘linmalari xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar hududida shunday joylashtirilishi kerakki, barcha gaz, portlash, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlarga o‘z vaqtida va samarali yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lsin.

Respublikaning ko‘mir koni sohasida konda qutqaruv xizmati tarixi 1941 yildan boshlanadi.

Toshkent viloyatining Angren konida, 3 ta ko‘mir konlariga xizmat ko‘rsatish uchun 1941 yil iyulida konda qutqaruv vzvodi tashkil etilgan. Vzvod SSSR Ko‘mir sanoati ministrligi huzuridagi O‘rta Osiyo HKQQ Shtabiga bo‘ysungan. Uch bo‘linmadan iborat vzvod vaqtincha Teshiktosh posyolkasida joylashtirilgan (xizmat ko‘rsatiladigan shaxtalardan 5 km uzoqlikda). 1947 yilda tipovoy xonaga qayta dislokatsiya qilingan.

Vzvod ixtiyorida RKR-2, KIP-5 respiratorlari, tekshiruvchi va jonlantiruvchi apparatura, KN-2 kislorod nasoslari, «Krasnыy fakel» nasosi, «Kostыl» gidropulti, o‘t o‘chirgichlar, qo‘l ventilyatori va boshqa mayda jihozlar bo‘lgan. Vzvod huzurida gaz tahlili laboratoriyasi shatatdagi hodim bilan faqat 1943 yilda tuzilgan. Transport vositalaridan harbiy raschyotda bitta GAZ-AA avtomashinasi va bir necha juft otlar bo‘lgan.