Huquqiy asos

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 03-fevraldagi № 27-f Farmoyishi

Respublikada konda qutqaruv xizmatini yanada mukammallashtirishni saqlash va avariyalar, halokatlar hamda tabbiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda yuqori professional ishni ta’minlash maqsadida:

SSSR sobiq Ko‘mir sanoati ministrligining O‘rta Osiyo Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari Shtabi asosida Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari (KXQHQ) tuzilsin va u O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazorat (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” DI) tarkibiga kiritilsin.

Izoh: turli idoralar konda xatardan qutqaruvchi xizmatlarini (ko‘mir va kon shaxtalari; tonnellar va metropoliten qurilishi hamda ekspluatatsiyasi, gidroenergetika ob’ektlari va boshqalar) birlashtirgan tarmoqlararo KXQHQ tuzildi.

1-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 03-martda 122-son Qaror bilan tasdiqlagan “O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazoratning konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari to‘g‘risida Nizom”

1-band. Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlar (KXQHQ)… ko‘mir, kon shaxtalari, razrezlar, ajratib oluvchi, boyituvchi va briket fabrikalari hamda kon ishlarini olib boruvchi yoki yer osti inshootlaridan, kon lahimlaridan foydalanuvchi boshqa korxonalarga, muassasalarga belgilangan tartibda konda xatardan qutqarish xizmatlarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari hisoblanadi.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 07-fevraldagi, 2004 yil 09-iyuldagi № UP-3358 Qarorlarini Farmonini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘zining 2000 yil 30-avgustdagi № 338 Qarori va 2004 yil 10 iyuldagi № 323 Qarori (7-ilova) bilan “KXQHQ to‘g‘risidagi Nizomga” tegishli o‘zgartirishlar kiritdi.