10-AHKQV shaxsiy tarkibi bilan Respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi so‘zlagan nutqlari, O‘zbeksiton “Yoshlar ittifoqi” tashkilotini tashkil etilganligi, uning faoliyati unga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, hamda Ahborot-komunikatsiya texnologiyalari mavzusida HKQQ shtabi boshlig‘i M.M. Abdibaev ma’lumot berdi.
Davlatimiz raxbari tomonidan, jumladan quydagilar ta’kidlab o‘tildi:- “Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani va ularga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda.
Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari — son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz — yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi.
Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak.. .» degan so‘zlari butun dunyoni xayratga soldi.
Yurtimizda «Yoshlar ittifoki» tashkilotini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ham shuni yaqqol misolidir. HKQQ shtabi tarkibiga kiruvchi 10-AHKQVda ham yoshlar ittifoki tashkilotiga a’zo bo‘lish, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berib, ularni mamlakat rivoji yo‘lida o‘z xissalarini qo‘shishlariga, ilm fan, informatsion texnologiya sohalarini chuqur egallashga chaqirdilar.
Bugungi kunda HKQQ tizimida Axborot-komunikatsion texnologiya sohasiga alohida e’tibor qaratilgan. HKQQismining Rasmiy Veb-sayti ishga tushirilgan. HKQQ veb-saytida HKQQismi faoliyatiga oid bo‘lgan barcha axborot va ma’lumotlarni olish mumkin. HKQQning barcha bo‘linmalari internet tarmog‘iga ulangan va zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari moddiy texnika bazasi (kompyuter, skaner, printer va x.k.)lar bilan ta’minlangan. HKQQ bo‘linmalarining xar birida alohida shaxsiy elektron pochtasi mavjud. Bu esa HKQQ tizimida axborot va ma’lumotlarni almashishda juda qulay imkoniyatga ega.
Sayyor muloqot yakunida 10-AHKQV shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olib moloqot tashkilotchilariga, ya’ni HKQQ boshlig‘iga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Share
OKT
2017
About the Author: