O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, joriy yilning 10-12 oktyabr kunlari “Нarbiylashtirilgan kon-kutkarish qismi” bo‘linmalari qutqaruvchilari o‘rtasida bo‘linmalararo jismoniy tayyorgarlik va sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning  10-12 oktyabr kunlari Toshkent viloyati, Oxongaron tumani, “Geolog” qo‘rg‘onida joylashgan 7-AHKQVzvodida “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish kismi” shtabining 2017 yil 19 sentyabrdagi   89-sonli buyrug‘iga muvofik, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan HKQQ bo‘linmalari  o‘rtasida sport musobaqalari  o‘tkazildi.

Sport musobaqalarining ochilish marosimda HKQQ boshlig‘i M.M.Abdibaev ma’ruza qildi.

Davlat mustaqilligi O‘zbekiston Respublikaning milliy manfaatlarini tiklash, xalqning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘ldi.

Mamlakatni modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini muvozanatlash, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha Davlat tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Respublikaning ravnaqi va rivojlanishiga HKQQ xodimlari ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ular belgilangan tartibda Respublikaning barcha kon-metallurgiya korxonalarida qutqarish xizmatlarini ko‘rsatadi. HKQQ rahbari nutqining oxirida barcha musobaqa  ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bilan birga muvofaqiyat tiladi.

Musobaqada 120 nafar xizmatchilaridan   9 ta guruh kurash olib bordi.

Sport musobaqalari quyidagi turlari bo‘yicha o‘tkazildi:

Mini-futbol, voleybol va to‘siqni kesib o‘tish. (Fito-Kross)

O‘tkazilgan sport musobaqalari natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Zarmitan”    8-AHKQVzvodi  egalladi.

(vzvod  komandiri Muminov N.L)

Sport turlari bo‘yicha sovrinlar quyidagicha taqsimlandi:

 

Mini-futbol:

1-chi o‘rin 8 AHKQV «Zarmitan»;

2-chi o‘rin 7 AHKQV «Angren»;

3-chi o‘rin 9 AHKQV «Chorvoq».

Voleybol:

1-chi o‘rin 8 AHKQV «Zarmitan»;

2-chi o‘rin 8 AHKQV «Qora-kutan» HKQV;

3-chi o‘rin 10 AHKQV «Kauldi».

Fito-Kross:

1-chi o‘rin 7 AHKQV «Angren»;

2-chi o‘rin 10 AHKQV «Kauldi»;

3-chi o‘rin 8 AHKQV «Zarmitan».

Musobaqada ishtirok etgan faol ishtirokchilari va g‘olib jamoalarga  HKQQ tomonidan  faxriy yorliqlar va kuboklar topshirildi.

Musobaqa tashkilotchilariga va 7-AHKQVzvodi barcha xodimlariga alohida minnatdorchilik izhor etdildi.  (vzvod komandiri Shamiev U.T).

Bunday tadbirlarni o‘tkazish jamoa ruhini mustahkamlaydi, bir-birlarini yaxshiroq tanishishga yordam beradi, do‘stlashadi va mamlakatda xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun xodimlarni jismoniy va kasbiy tayyorgarligini yaxshilashga ko‘maklashadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment