Chodak kon boshqarmasi «Guzaksay» koni injener-texnik va fuqaro muxofazasi xodimlari, hamda boshqaruv bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida, 2017 yilning 31 oktabrida “Favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish va oldini olish” bo‘yicha «Guzaksoy» konida maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Taktik-o‘quv mashg‘ulotida «Guzaksay» konining injiner-texnik xodimlari, ChHYoO‘X-19, ChKB tibbiy xizmati xodimlari, hamda 5-AHKQVzvodi tog‘ kon-qutqaruv bo‘linmasi qutqaruvchilari qatnashdi.
Mashg‘ulot o‘tkazish rejasiga muvofiq, ishtirokchilar mashg‘ulot rahbardan topshiriq olib belgilangan vazifalarni bajarishga kirishdi.
5-AHKQ vzvodi birinchi bo‘linmasiga jarohatlanganlarni topish, birinchi yordamni ko‘rsatish va yer yuzasiga chiqarish vazifasi topshirildi.
Ikkinchi bo‘linmaga falokatni bartaraf etish vazifasi topshirildi.
Topshiriqga muvofiq, birinchi bo‘linma zaharli gazlardan zaharlangan bexush jabrlanuvchiga voqyea joyida birinchi yordam ko‘rsatildi va tibbiy zambilga yotqizilib, xavfsiz joyga olib chiqildi hamda ChRU shaxtasi tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Ikkinchi bo‘linma nafas olish yo‘llarini himoya qilish vositasi (respirator)ni qo‘llanilgan holda yong‘in sodir bo‘lgan joyga kelib, o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni bartaraf etdi va bu haqida bo‘linma komandiri boshqaruv punktiga xabar berdi.
Maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti yakunida Chodak kon boshqarmasi «Guzaksay» konining Markaziy razvedka boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan maxsus- taktik o‘quv mashg‘ulotini amalga oshirishda faol ishtirok etgan 5-AHKQV tog‘-kon qutqaruvchilariga minnatdorchilik bildirildi.
Share
NOY
2017
About the Author: