HKQQ tizimida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish va tashkil etishni takomillashtirishga qaratilgan “Onlayn vebinar” yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Posted by:

HKQQ shtabining 2020 yil 11 dekabrdagi 46-sonli farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida, HKQQ boshligʼi tomonidan 2020 yil 17 dekabrda tasdiqlangan 2020 yil 21 dekabr kuni HKQQ boʼlinmalarida kadrlar ishi va ijro intizomi boʼyicha 2020 yil davomida olib borilgan ishlar yuzasidan “ZOOM” platformasi orqali HKQQ maʼsul xodimlari ishtirokida “Onlayn vebinar” yigʼilishi oʼtkazildi.

Yigʼilish kun tartibiga qoʼyilgan masalalar yuzasidan HKQQ boshligʼining kadrlar va umumiy masalalar boʼyicha yordamchisi M.А.Iminov olib bordi.

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirigʼiga muvofiq, HKQQ tizimida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish boʼyicha HKQQ boshligʼi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi buyruqlari, farmoyishlari, Hayʼat majlisi qarorlari, topshiriqlari, HKQQ shtabi buyruq va farmoyishlari ijrosini taʼminlash boʼyicha HKQQ boʼlinmalarida joriy yilda amalga oshirilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar loyixasi va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida PQ-4502-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etilishi unga koʼra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, roʼyxatdan oʼtkaziladigan mehnat shartnomalaridagi maʼlumotlar asosida «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etilishi belgilanganligi xaqida maʼlumot berildi.

HKQQ tizimida kadrlar ishi va ijro intizomi ishlari boʼyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan joriy yil yakuni boʼyicha HKQQ bosh mutaxassislari va boʼlinma komandirlari tarkibi ishtirokida oʼtkaziladigan yigʼilish kun tartibiga muxokama sifatida kiritilishi belgilandi.

Yigʼilish yakunida va HKQQ tizimida 2021 yilda kadrlar ishi va ijro intizomini yuritishni tashkil etish boʼyicha olib boriladigan ishlar belgilab olindi.

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment