Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuksak harbiy intizomini mustahkamlash, oʻz xizmat burchiga boʻlgan sadoqat va masʼuliyat hissini oshirish, professional kasbiy mahoratini rivojlantirish, xizmatdagi qiyinchiliklarni mardonovor yengib oʻtish, safdoshlari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlashda, muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan saf tayyorgarligi mashgʻulotlari bunga munosib xissa qoʻshib kelmoqda.
Yurtimizda karantin cheklovlari yumshatilganligi sababli HKQQ boʻlinmalari tezkor shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi boʻyicha oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida, HKQQ shtabi tomonidan ZOOM platformasidan foydalangan holda “Onlayn mashgʻulot”lar tashkil qilindi.
Uslubiy – amaliy “Onlayn mashgʻulotda” HKQQ tezkor – texnik boʻlimi muxandisi O.Nazirov kuzatuvi ostida boʻlinmalar komandirlar tarkibi rahbarligida tezkor shaxsiy tarkibning saf tayyorgarligi koʻnikmalarini mustahkamlash, saf usullari va beriladigan komandalarni aniq va tezkorlik bilan bajarish xamda komandir (boshliq)ga xarbiycha salom berish tartibi boʻyicha mahorat mashqlari oʻtkazildi.
Joriy yilning 12-yanvardan 15-yanvargacha boʻlgan muddatda HKQQ boʻlinmalari tezkor shaxsiy tarkibi ishtirokida oʻtkazilgan saf tayyorgarligi mashgʻulotida har bir kon qutqaruvchi oʻz bilim va koʻnikmalariga tayangan holda mashgʻulot rahbari tomonidan berilgan komandalarni aniq va tez bajarib, qatʼiy tartib intizomga rioya qilish orqali shaxsiy namuna koʻrsatgan ishtirokchilar, jumladan HKQOtryad komandirlar tarkibidan A. Zakirov, M. Jaynakov va I. Nazarovlar, HKQOtryad respiratorchilari Sh. Abdullayev, Sh. Gʻofurov, 1-AHKQV Yu. Maxmasoliyev, J. Tursunov, 5–AHKQV Oʻ. Axmadov, B. Boyboboyevlar safdoshlari orasida yuqori eʼtirof etildilar.
Bu oʻrinda shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, HKQQ boʻlinmalarida oʻtkazib kelinayotgan shu kabi uslubiy – amaliy mashgʻulotlar tezkor shaxsiy tarkibning jangovor va professional kasbiy mahoratlarini rivojlantiribgina qolmay, kon qutqaruv ishlarida samarali natijalarga va muvaffaqiyatlarga ega boʻlishlariga imkoniyatlar yaratmoqda.
Share
YAN
2021
About the Author: