Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi” boʼlinmalarida 2020 yil davomida olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya- xoʼjalik ishlari boʼyicha yil yakunlariga bagʼishlangan semenar-yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Posted by:

2021 yil 26 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabinig videokonferentsiya zalida HKQQ shtabi raxbar xodimlari va barcha boʼlinma komandirlari ishtirokida HKQQ boʼlinmalarida 2020 yil davomida olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya-xoʼjalik ishlari boʼyicha yil yakunlariga bagʼishlangan semenar-yigʼilishi ZOOM dasturi orqali onlayn shaklda oʼtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga yoʼllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar hamda HKQQismi tizimida 2020 yilda olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya-xoʼjalik ishlari toʼgʼrisida HKQQ boshligʼi M.M.Аbdibaev maʼruza qildi.

“Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi” shtabi va boʼlinmalari tomonidan 2020 yil mobaynida olib borilgan ishlar har tomonlama muxokama va tahlil qilindi.

Seminar yigʼilish yakunida berilgan maʼlumot, hisobot va muzokaralardan kelib chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Perezidenti tomonidan 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da, HKQQ tizimida 2021 yilda bajarilishi lozim boʼlgan ishlar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment