Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni belgilovchi kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlari, maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tizimli ravishda tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora – tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mavkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, halqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusida tarbiyalash, hozirda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofat kabi murakkab muammolarni mardonavor yengib oʻtish, xamda 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va halqqa murojaatnomasi keltirilgan masalalarning mazmun – mohiyati ochib berildi.
HKQQ shtabi rahbariyati tomonidan topshiriq xatiga asosan barcha boʻlinmalar shaxsiy tarkib ishtirokida oʻtkazilgan maʼnaviy – maʼrifiy seminar yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va halqqa murojaatnomasi, xamda HKQQ faoliyatida amalga oshirilgan ishlarning 2020-yil yakuni boʻyicha yigʻilish kun tartibida koʻtarilgan masalalar, erishilgan natijalar bilan birga yoʻl quyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida shaxsiy tarkibga maʼlumot berildi.
Yigʻilishlar yakunida koʻtarilgan masalalarni HKQQ shtabi xodimlari va boʻlinmalar komandirlari tomonidan chuqur oʻrganilishi va unda belgilangan vazifalarning ijrosini toʻliq taʼminlanishi, shaxsiy tarkibning salomatligi, professional mahorati, moddiy – texnik bazaning taʼminoti, moliya – iqtisodiy koʻrsatkichlarning shaffofligini taʼminlanishi, HKQQ rahbariyati tomonidan doimo nazoratda boʻlishi haqida taʼkidlab oʻtildi.
ShareFEV
2021
About the Author: