O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi tashkil topganligiga 2022 yil 3 fevralda 30 yil to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 3 fevral 1992 yildagi 27 f-sonli farmoyishiga asosan ixtisoslashtirilgan tashkilot sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʼmitasi (Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi) tarkibida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi tashkil qilingan. Shu munosabat bilan HKQQ bo’linmalarida bayram tadbirlari otkazildi.
Tadbirda barcha bo’linmalar shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi tashkil topganligiga 30 yil to’lganligi munosabati bilan HKQQ boshlig’i M.M.Abdibayevning bayram tabrigi oqib eshitirildi.
Bo’linmalarda komandirlar va shaxsiy tarkibga ishtirokchilariga HKQQ tashkil topishi, tarixi va faoliyati bo’yicha ma’lumot berildi.
Share
FEV
2022
About the Author: