Bo’limma shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarni harbiy tartib intizomini mustahkamlash, safda yurish turish qoidalariga to’liq amal qilishi va formali kiyim-bosh kiyish qoidalariga to’liq rioya etilishini ko’zdan kechirish maqsadida, “Dehqonobod” HKQVzvodi bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida saf tayyorgarligi bo’yicha amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Bo’linma kun tartibiga muvofiq o’tkazilgan ushbu o’quv mashg’ulotda, bo’limma shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi bo’yicha safda turish va yurish usullari, joyda turib burilishlar, harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, komandir (boshliq)ni oldiga borish va uning oldidan qaytish harakatlari amaliy tarzda bajarildi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment