Joriy yilning 5 avgust kuni “Navoiy KMK” AJ “GMZ-1” kon boshqarmasiga xizmat ko’rsatuvchi “Qora-Qo’ton” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish va shu bilan birga harakatlanish texnikasini to’g’ri bajarilishiga erishish maqsadida navbatdagi jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha nazorat oʻquv mashgʻuloti o’tkazildi.
Boʻlimma shaxsiy tarkibi oʻrtasida jangovor shaylikni oshirish va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy oʻquv mashgʻulotida, turnikda tortilish, qisqa masofaga tezlikda yugurish, qo’lga tayangan holda brusda mashqlar bajarilgan bo’lsa, harbiy intizomni mustahkamlash maqsadida, bo’limmaning saflanishi, safdan chiqish va safga qaytish, komandir (boshliq)ga harbiycha salom berish va boʻlimmaning safda harakatlanish borasidagi bilim va koʻnikmalari baholanib borildi.
AVG
2023
About the Author: