5-AHKQV va “Dehqonobod”HKQV Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda profilaktik tadbirlarni o’tkazish jadvaliga muvofiq o’rganish ishlari o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 19-21 avgust kunlari, “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli “Pirmirob” shaxtasiga xizmat ko’rsatuvchi 5-AHKQV va “DKZ” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQV komandirlar tarkibi tomonidan konda profilaktik tadbirlarni o’tkazish jadvaliga muvofiq o’rganish ishlari o’tkazildi.
Kon majmua muxandis texnik xodimlari ishtirokida o’tkazilgan o’rganishlar davomida, konni yong’inga qarshi himoya tizimining barqaror ishlashi, o’t o’chirish vositalari, yong’inga qarshi suv quvurlaridagi suvning bosimining amaldagi texnik reglament talablariga javob berishi, yuqori quvvatli elektr qurilmalarining joylashuvi va konni shamollatish tizimining etarli darajada ishlashi ko’zdan kechirilib yagona havfsizlik qoidalariga zid bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment