HKKQ boʻlinmalari shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringi.

Posted by:

Joriy yilning 24-25 avgust kunlari, HKQQ shtabining tegishli buyrug’iga muvofiq, Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) bo’linmalarida jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringini olib borish hamda shaxsiy tarkib xarbiy intizomi holatini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida, HKQQ shtabi tezkor-texnik bo’limi muxandisi “Dehqonobod” HKQVzvodiga tashrif buyurdi.

Amaliy tashrif doirasida, bo’limma shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik bo’yicha 100 metrga (tezlikda yugurish), qo’lga tayangan holda atletik moslama (turnik)da mashqlar bajarish va 1000 metrga yugurish mashqlari baholandi va saf tayyorgarligi bo’yicha nazorat mashqlari o’tkazildi.

Mutaxassis tomonidan bo’linma kun tartibida belgilangan jismoniy va saf tayyorgarlik mashg’ulotlarini tashkillashtirish va amaliy tarzda bajariladigan usullar va xarakatlarni texnik jixatdan to’g’ri va aniqlik bilan bajarilishiga erishish bo’yicha komandirlar tarkibiga kerakli ko’rsatmalar berildi.

1

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Comments

  1. Bunyod  Avgust 30, 2023

    2023-yil Toshkent Texnika Universitetini Hayotiy faoliyat xavfsizligi bóyicha óqishni tamomlarim . Kon qutqaruv bóyicha ishga kirmoqchiman

    reply

Add a Comment