Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda yuksak harbiy intizomni mustahkamlash, bir-birlariga bo’lgan hurmat va eʻtiborni yuksaltirish, o’z kasbiga bo’lgan masʻuliyatni yanada oshirish maqsadida bo’limmalar o’rtasida jismoniy va saf tayyorgarlik mashg’ulotlari muntazam ravishda o’tkazilib turiladi.
Navbatdagi o’quv mashg’ulotlar, joriy yilning 28-29 avgust kunlari, 10-AHKQV va unga qarashli “Xondiza” HKQVzvodida o’tkazildi. Bo’linma kun tartibiga muvofiq o’tkazilgan ushbu mashg’ulotlarda, komandirlar tarkibi rahbarligida shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik bo’yicha (100 metrga yugurish, turnikda tortilish, brusda) atletik mashqlar va bo’limmaning saf tortishi va harakatlanishi bo’yicha nazorat mashqlari bajarildi.
AVG
2023
About the Author: