HKQQ shtabi jamoasiga korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha murojaat

Posted by:

Oʼzbekiston Respublikasi

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi boshlig’i

Abdibayev Muratdjan Maxmudjanovichning shtab jamoasiga

M U R O J A A T I

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʼlgan global muammolardan biri ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol boʼlishiga olib kelayotganligini yaxshi bilasiz. Shu bois, unga qarshi kurash xalqaro hamjamiyat doirasida ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgani bejiz emas.

Soʼnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida barcha sohalarda keng koʼlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev oʼz maʼruzalarida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yoʼl qoʼymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani toʼgʼrisidagi qonun talablarini amalda taʼminlash boʼyicha qatʼiy choralar koʼrishimiz zarur”ligini, qayta-qayta tilga oladilar.

Korrupsiya va poraxoʼrlik jamiyat barqarorligining muhim asosi boʼlgan ijtimoiy va huquqiy adolatning yoʼqolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustaqiligi, xalqimiz farovonligi, yurtmiz rivoji va gullab yashnashi va obod boʼlishi har bir fuqarolarda milliy gʼururning qay darajada shakllanganligiga bogʼlik. Bu qabi shahslar eng avvalo pora olish va berish illatidan xalos boʼlishi, bir soʼz bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi zarur.

Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyiliga amal qilgan holda Shtabning barcha xodimlariga bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki vositachilar orqali har qanday korrupsiyaviy harakatlarda ishtirok etish qatʼiyan man etiladi, yaʼni, ular oʼz mansab va xizmat mavqeidan oʼz manfaati yoʼlida noqonuniy foydalanishi, shuningdek xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish qatʼiy tartibda taqiqlanadi va qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Shtab xodimlari odob-axloq qoidalariga ham qatʼiy rioya qilishlari, shuningdek shtab obroʼsiga, qadr-qimmatiga, nufuziga salbiy taʼsir koʼrsatishi yoki uning qonuniy faoliyatiga, xolisligiga, hisobdorligiga, ochiqligiga va shaffofligiga shubha tugʼdiradigan xatti-harakatlardan oʼzlarini tiyishga majburdirlar.

Shuningdek, xodimlar Shtab manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin boʼlgan shaxsiy manfaatlar bilan bogʼlik korrupsiyaviy holatlar yuzasidan “Kontexnazorat” tizimidagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimini xabardor qilishlari lozim.

Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta oshkor boʼladi. Shuning uchun, men sizlarni ogohlantirmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar, buni har birimiz teran his qilishimiz zarur.

Shtab xodimlari xushmuomala, iltifotli, odobli, eʼtiborli va qalbi toza, koʼngli ochiq, aql-zakovat sohibi boʼlishi, muhum ahamiyatga ega. Ular fuqarolar va hamkasblari bilan samimiy munosabatda boʼlishi, bir-birini hurmat qilishi, ish yuzasidan qoʼpollik qilmasligi, oʼz shaʼni va boshqalar qadr-qimmatini qadirlashi lozim.

Sizu biz, xammamiz birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boraylik!

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment