Kuni kecha “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, gaz-taxlil laboratoriya (GTL) faoliyatida ishlatiladigan asbob-uskunalar to’g’risidagi maʻlumotlarni shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida uslubiy o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Bo’linma GTL mudiri rahbarligida o’tkazilgan usulbiy o’quv mashg’ulotda, kon lahimlarida havo oqimining o’rtacha tezligini yuqori aniqlikda o’lchashga va portlashdan himoyalangan ARP-2 (ko’chma kon anemometr)ining texnik tavsifi va foydalanish uslubi to’g’risidagi ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.
28
SEN
2023
SEN
2023
About the Author: