Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda 2-AHKQV kon-qutqaruvchilari ishtirokida hamkorlikdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yil 14 martda, “O’zbekko’mir” AJ “Temir yo’l transporti” filialida, Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ishchi xodimlarni va ob’ekt hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va avariyaviy vaziyatlarda kon-qutqaruv bo’linmasi bilan hamkorlikdagi yong’in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda qutqaruv tuzilmalarining birgalikda taktik harakatlarini muvofiqlashtirish, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong’inni bartaraf etish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi.

Continue Reading →
0

SHaxsiy tarkib taktik-texnik tayyorgarligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yil 13 martda, “DKZ” AJga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi oylik amaliy va nazariy mashg’ulotlarni o’tkazish jadvaliga muvofiq, zaxiradagi bo’limmaning taktik-texnik va tezkor tibbiy tayyorgarligini muvofiqlashtirishga qaratilgan amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Kon qutqaruvchilarning har qanday murakkab sharoitlarga moslashuvchanligini oshirish, ular tomonidan bajarilayotgan taktik harakatlarning uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan ushbu mashqlarda, avariya oqibatida qolgan odamlarni qutqarish, yuzaga kelgan yong’in va ularning oqibatlarini bartaraf etish mahorati sinovdan o’tkazildi.

Continue Reading →
0