Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo’yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Posted by:

2024 yil 25 mart kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi hamda kon muhandis-texnik va shamollatish xizmati xodimlari ishtirokida “Xondiza” konida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Kon boshqarmasi bilan kelishilgan jadvalga muvofiq o’tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida, konni avariyalarga qarshi ishlash tizimining holati, yong‘indan himoya tizimi va yong‘in o‘chirish manbalarining sozligi tekshirilib, tog’ jinslarining o’pirilishi bilan bog’liq avariyaviy holatlarni oldini olish ishlari amalga oshirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment