2024 yil 31 iyulda “Navoiy KMK” AJ “Qizilqum kon boshqarmasi”ga qarashli “Qoraqo’ton” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qoraqo’ton” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvod shaxsiy tarkibini kon-qutqaruv asbob-anjomlar to‘g‘risidagi bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash maqsadida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o’tdi.
Bo’linma “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq o’tkazilgan ushbu amaliy mashg’ulotda, shaxsiy tarkibning nafas olish a’zolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30, R-34) respiratorlar germetikligini tekshirish uchun mo‘ljallangan UKP-5 apparatidan foydalanish va tekshiruv ishlarini olib borish tajribalari oshirildi.
AVG
2024
About the Author: