Joriy yilning 20 oktyabr kuni “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodining kun tartibiga muvofiq, bo’limma shaxsiy tarkibini jismoniy va saf tayyorgarligi bo’yicha egallagan bilim va ko’nikmalarini o’rganish maqsadida amaliy nazorat mashqlari o‘tkazildi.
Shaxsiy tarkibdan qat’iy tartib intizom, kuch va chidamlilikka qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda, atletik moslama (turnik va brus)da qo‘lga tayangan holda tortilish, 100 metrga tezlikda yugurish mashqlari bajarilgan bo’lsa, bo‘limmaning safda turish va yurish usullari, harbiycha salom berish va bo‘linmaning safda harakatlanish usullarini uslubiy ko’rsatmalarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
OKT
2024
About the Author: