O’quvchi yoshlar kon-qutqaruv vzvodiga tashrif buyurishdi. 

Posted by:

So’nggi yillarda davlatimiz tomonidan yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy, sport va boshqa yoʻnalishlardagi salohiyatini kamol toptirish masalasiga katta e’tibor qaratib kelinadi. Ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan musobaqalar, jumladan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi ham shular jumlasidandir.
 
Angren shahri Jigariston qo’rg’onida joylashgan 3-son o’rta ta’lim maktab o’quvchi yoshlarini mazkur musobaqaning tuman bosqichiga tayyorlash ishlari doirasida maktab ma’muriyati hodimi va o’quvchilar “Ozbekko’mir” AJga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodiga tashrif buyurishdi.

O’quvchi yoshlarga tajribali bo’linma komandiri yordamchisini ...

Continue Reading →
0

2 va 5-AHKQV Gaz-tahlil laboratoriya mudirlari rahbarligida o’quv mashg’ulotlar o’tkazildi.

Posted by:

Kuni kecha, “O’zbekko’mir” AJga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi (AHKQV) hamda “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvodida gaz-tahlil laboratoriya mudirlari rahbarligida o’quv mashg’ulotlar o’tkazildi.
Mashg’ulotlarda nazorat uskunalaridan foydalangan holda, kon havosidan namuna olish orqali kon lahimlarini changlanish darajasini aniqlovchi “AERA” va kon lahimlaridagi gazlarni tezkor usulda aniqlashda ishlatiladigan ГХ turdagi gaz aniqlagichlarni er osti sharoitida namuna olish va tahlil qilish to’g’risida nazariy va ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo’yicha profilaktik tadbir o’tkazildi.

Posted by:

“DKZ” AJ tog’-kon majmuasi muhandis-texnik xodimlari hamda mujmuada kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi ishtirokida konning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish doirasida kon elektrotexnika uskunalari va transport vositalaridan xavfsiz foydalanish hamda kon ishlarini olib borishda xavfsizlik talablariga rioya etilayotganligini o’rganish maqsadida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbir mobaynida, to’g jinslarini o’pirilish xavfi mavjud bo’lgan hududlarda xavfsizlik talablariga muvofiq ishlar olib borilishi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Continue Reading →
0

Bo’limma taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Joriy yilning 19 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadida, bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tkaziladigan nazariy va amaliy o’quv mashg’uloti jadvaliga muvofiq, shartli ravishda xizmat ko’rsatiluvchi obyektda sodir bo’lgan avariyani bartaraf etishda shaxsiy tarkib tayyorgarligini oshirish hamda odamlarga tezkor tibbiy yordam ko’rsatish amaliyoti bo’yicha bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash maqsadida taktik-texnik tayyorgarlik mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Bo’limmani kon-qutqaruv ishlariga tayyorgarligi va jihozlanganligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Joriy yil 17 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadida, kon-qutqaruv ishlarida zarur bo’lgan turli vositalar, moslamalar va jihozlash elementlarining “HKQQ jihozlanish tabeli”ga muvofiqligi bo’yicha asbob-anjomlar ko’rigi o’tkazildi.
Ko’rig, otryad komandir yordamchisining bevosita nazorati ostida, Avariya-qutqaruv asboblari, yong’inlarni o’chirish vositalari va qurilmalari shuningdek tibbiy asbob-uskunalarni texnik jihatdan sozligi va butligi ko’zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida monitoring o’tkazildi.

Posted by:

 Joriy yilning 14 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi hamda kon muhandis-texnik xodimlar ishtirokida “Xondiza” koni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish ishlariga tayyorgarligi hamda konning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
    Tadbir mobaynida, tog’ jinslari o’pirilish ehtimoli yuqori bo’lgan kon lahimlari va qazish ishlari olib borilayotgan kovjoylardagi kon havosidan nazorat asboblar yordamida namunalar olindi.

Continue Reading →
0

10-AHKQV Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan

Posted by:

2025 yil 8-fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’linma shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tkaziladigan nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, o’lchov asboblarini qoʻllanilishi toʻgʻrisida shaxsiy tarkib bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
    Bo’linma gaz-tahlil laboratoriya mudiri rahbarligida oʻtkazilgan ushbu mashgʻulotda, yer osti laximlaridagi nisbiy namlik darajasi va havo haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan “Assman” aspiratsiya psixrometrining texnik tavsifi, tuzulishi va ishlash tartibi to’g’risida mavzuga oid ma’lumotlar keltirib o’tildi.

Continue Reading →
0

Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER) shaxsiy tarkib tomonidan o’zlashtirildi.

Posted by:

2025 yil 5 fevralda kecha “Sharg’unko’mir” AJga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarni olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’linma “xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq, komandirlar tarkibi rahbarligida kon-qutqaruv ishlarini olib borilayotgan obyektning ABER chizmasiga kiritilgan yangi  pozitsiyalarni o’rganish va avariya sodir bo’lganda navbatchi va zaxira bo’limmalarining taktik harakatlanish yo’nalishlarini shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LIDA!

Posted by:

 “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Angren kon boshqarmasi” obyektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar tarkibi tomonidan Ko’chbuloq koning Semguron uchastkasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida, kon lahimlarining holati, yong’indan himoya tizimining texnik sozligi o’rganildi, shuningdek qazish ishlari mobaynida to’xtatilgan kon lahimiga o’tib teshik hosil bo’lganligi yuzasidan kon havo tarkibi tahlil qilindi.

Continue Reading →
0

1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkib ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari o’tkazildi.

Posted by:

2025 yil 3 fevral kuni “Sharg’unko’mir” AJ qarashli obyektlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkib ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari o’tkazildi.
HKQQ shtabi tezkor-texnik bo’limi hududiy muhandisi nazoratida o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, berilgan avariya turiga qarab kon-qutqaruv asbob-anjomlarni tayyorlash, er osti kon lahimidan namuna olish va tahlillar o’tkazish, avariya oqibatida qolgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va evakuatsiya qilish bo’yicha shaxsiy tarkib bilim va ko’nikmalari ko’zdan kechirildi.

Continue Reading →
0