PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LIDA!

Posted by:

 “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Angren kon boshqarmasi” obyektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar tarkibi tomonidan Ko’chbuloq koning Semguron uchastkasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida, kon lahimlarining holati, yong’indan himoya tizimining texnik sozligi o’rganildi, shuningdek qazish ishlari mobaynida to’xtatilgan kon lahimiga o’tib teshik hosil bo’lganligi yuzasidan kon havo tarkibi tahlil qilindi.

Continue Reading →
0

1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkib ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari o’tkazildi.

Posted by:

2025 yil 3 fevral kuni “Sharg’unko’mir” AJ qarashli obyektlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkib ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari o’tkazildi.
HKQQ shtabi tezkor-texnik bo’limi hududiy muhandisi nazoratida o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, berilgan avariya turiga qarab kon-qutqaruv asbob-anjomlarni tayyorlash, er osti kon lahimidan namuna olish va tahlillar o’tkazish, avariya oqibatida qolgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va evakuatsiya qilish bo’yicha shaxsiy tarkib bilim va ko’nikmalari ko’zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

HKQQ shtabi rahbar xodimlar va barcha bo‘linmalar komandirlari ishtirokida 2024 yil yakuni bo’yicha seminar yig’ilish o’tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi (HKQQ) shtabining videokonferensiyalar o‘tkazish zalida, HKQQ shtabi rahbar xodimlar va barcha bo‘linmalar komandirlari ishtirokida, HKQQ faoliyati bo‘yicha tezkor-texnik, profilaktik va moliya – xo‘jalik ishlari, shuningdek HKQQ bo‘limalarining odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda tezkor-texnik tayyorgarligi monitoringi va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasining 2024-yil yakuni va 2025-yil uchun vazifalarni belgilash yuzasidan seminar yig’ilish o’tkazildi.
Seminar yig’ilishda, kadrlar ishi va ijro intizomi, gaz-tahlil laboratoriya faoliyati hamda ommaviy axborot vositalari orqali yangiliklar va ma’lumotlarni yoritib borish va internet ijtimoiy tarmog’idan xavfsiz foydalanish ...

Continue Reading →
0

5-AHKQVdida avariyalarni bartaraf etish rejasini o’rganish ishlari otkazildi. 

Posted by:

Joriy yilning 10 yanvar kuni, 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, komandirlar tarkibi rahbarligida, kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi obyektlar bilan tuzilgan avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni shaxsiy tarkibga tushuntirish, yangi chizilgan pozitsiyalarda navbatchi va zaxira bo’limmalarning taktik harakatlanishi va kon lahimida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish chorasini ko’rish yuzasidan nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

«Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda!

Posted by:

  • Joriy yilning 20 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb nomlash tashabbusi ilgari surilgan edi. “Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak” degan so’zlari barchani ushbu umummilliy harakatga birdek hissa qo’shishga chorlamoqda. Jumladan, Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi bo’linmalarida ham ushbu ezgu va hayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, hudud tevarak-atrofining ekologik muhitini yanada yaxshilashga ...
Continue Reading →
0

Bo’linma tezkor-texnik tayyorgarligi, kadrlar ishi va ijro intizomi hamda jismoniy va saf tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Joriy yilning 4-6 dekabr kunlari “Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Samarqand viloyati Qo’shrobod tumani joylashgan 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’linma tezkor-texnik tayyorgarligi, kadrlar ishi va ijro intizomi hamda shaxsiy tarkib jismoniy va saf tayyorgarligi bo’yicha HKQQ shtabi hodimlari: HKQQ shtabi ...
Continue Reading →
0

Yer ostida vujudga keladigan xavfli gazlar va ulardan namuna olish boʻyicha shaxsiy tarkib bilimlari mustahkamlanmoqda.  

Posted by:

2024 yil 25 noyabrda “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi HKQOtryadida, kon havosidan namuna olish uslubi va qoʻllaniladigan asbob-uskunalar toʻgʻrisidagi bilimlarni shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida, GTL mudiri rahbarligida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
     Mashgʻulotda kon avtotransport ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazlar, havodan namuna olishning besh xil uslubi to’g’risidagi ko’rsatmalari etkazildi hamda namuna uchun olingan gazlar koʻrsatkichlarini hisoblash usullari haqidagi maʼlumotlari konspektlashtirildi.

Continue Reading →
0

Hamkorlikda o’tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti!

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalarining 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, joriy yilning 31 oktyabr kuni “Olmaliq KMK” AJ qarashli “Chodak kon boshqarmasi”ning “Guzaksay” konida qutqaruv kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi maxsus-taktik o’qiv mashg’uloti o’tkazildi.

Shartli ravishda kon lahimida yong’in chiqishi va uning oqibatida er osti kon lahimida kon ishchisi qolib ketganligi haqida ma’lumot kelib tushgan. Ushbu vaziyatda qutqaruv kuch tuzilmalari shu jumladan boshqarma obyektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvodi bo’limma shaxsiy tarkibi bilan hamkorlikda, avariyalarni bartaraf ...

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) shtabi tezkor-texnik bo’limi yordamchi o’quv bo’linmasi muhandislari E.Xatamov va A.Tanjarikovlarni nafaqaga kuzatish munosabati bilan HKQOtryadida tadbir tashkil etildi.

Posted by:

2024 yil 1 noyabrda Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) shtabi tezkor-texnik bo’limi yordamchi o’quv bo’linmasi muhandislari E.Xatamov va A.Tanjarikovlarni nafaqaga kuzatish munosabati bilan HKQOtryadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda HKQQ boshligi so’zga chiqib, HKQQ yordamchi o’quv bo’linmada faoliyat yuritib, bilim-tajribasini shaxsiy tarkibga etkazish, ishiga bo’lgan  fidoyiligi bilan hamkasblari o’rtasida alohida hurmat va  e’tibor qozongan muhandislarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Bo’linma komandirlari I.Tsay, U.Shamiyev, E.Chinaliyev, Sh.Baymuratov va boshqalar E.Xatamov va A.Tanjarikovlarga shaxsiy tarkiblar nomidan minaddorchlik bildirib, bo’linmalar tezkor-texnik tayyorgarliklarini oshirishga qilgan xizmatlarini alohida ...

Continue Reading →
0

Bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-teхnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

   Joriy yilning 29 oktyabr kuni, “Olmaliq KMK” AJ qarashli “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarlik holatini o’rganish hamda jabrlanganlarga tezkor birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish bo’yicha egallagan bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borish maqsadida o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Bo’linmaga “TREVOGA” xabarini berish orqali shaxsiy tarkibni jangovor shayligi, maxsus asbob-uskunalarni kon-qutqaruv ishlariga tayyorgarligi, taktik harakatlarni amalga oshirgan holda avariya oqibatida qolgan odamlar izlab topish, ularga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan holda er yuzasiga evakuatsiya qilish mahorati baholanib ...

Continue Reading →
0
Page 2 из 48 12345...»