HKQQ gaz tahlili laboratoriyasi
Gaz tahlili laboratoriyalari HKQQ tarkibiy bo‘limlari hisoblanadi va quyidagilarni amalga oshiradi: ishlab chiqarish korxonalarida (shaxtalarda) chang gaz rejimiga amal qilish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligi ustidan nazorat; ko‘mir qatlamlarining o‘z-o‘zidan yonishga moyilligini xarakterlovchi parametrlarni tahlil qilish; kon qutqarish ishlarida
HKQQ tomonidan foydalaniladigan moddalar va materiallar sifati tahlili, metrologik ta’minot.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sanoatgeokontexnazorat» DI HKQQ gaz tahlili laboratoriyalari turli davrlarda tashkil etilgan:
– 1-AHKQV GTL 1958 yilda tashkil etilgan;
– 2-AHKQV GTL 1948 yilda tashkil etilgan;
– 5-AHKQV GTL 1971 yilda tashkil etilgan;
– 7-AHKQV GTL 1994 yilda tashkil etilgan;
– 8-AHKQV GTL 1989 yilda tashkil etilgan;
– 9-AHKQV (Dehqonobod) GTL 2012 yilda tashkil etilgan;
– 10-AHKQV GTL 1977 yilda tashkil etilgan;
– 10-AXKQV (Handiza) 10 GTL 1958 yilda tashkil etilgan;
HKQQ bo‘linmalari gaz tahlili laboratoriyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda chang gaz rejimigia rioya qilish bo‘yicha tadbirlar bajarilishining samaradorligini baholash uchun ruda havosi tarkibi, tog‘- konlari changlanganligi va chang-portlash havfliligi tahlili;
– yong‘inlarni o‘chirganda va boshqa yer osti halokatlarini bartaraf etganda kon havosi tarkibi tahlili;
-konda qutqarish ishlarida foydalaniladigan modda va materiallarning sifatini kirish va davriy nazorat qilish bo‘yicha tahlillarni bajarish;
– HKQQ da foydalaniladigan kon atmosferasi parametrlarini o‘lchash uchun gazoanalizatorlar va boshqa o‘lchash vositalarini tekshirishni tashkillashtirish;
Kon havosi namunalarini olish va quyidagilarning mavjudligini aniqlash uchun tahlil qilish (laboratoriyada yoki bevosita korxonalarning o‘zida):
– ishlayotgan kon lahimlaridagi havo tarkibini tekshirish uchun kislorod, metan va karbonat angidrid gazi mavjudligini va shaxtalarning sergazligini tekshirish;
– boshi berk lahimlarni shamollatish vaqt me’yorlarini tekshirish uchun tayyorlov qazish joylarida portlatish ishlaridan keyin azot oksidini tekshirish;
– yer osti yong‘ini rivojlanishini va so‘nishini nazorat qilish uchun, avariyaviy uchastkada atmosferaning portlash xavfini nazorat qilish uchun, yonayotgan materiallar turi va hajmini aniqlash uchun, ajratilgan maydonlarda atmosfeaning inertlashuvi kechishini aniqlash uchun, yer osti yong‘inini o‘chirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini baholash uchun kislorod, metan, karbonat angdirid gazi, uglerod oksidi, azot va boshqa (shu jumladan flegmatlashtiruvchi) gazlarning mavjudligini tekshirish;
– kon havosning changlanganligini va ko‘mir hamda jinsning mavjud changida erkin kremniy dvuokisini aniqlash uchun namuna olish va tahlil qilish.
Ko‘mir changi bo‘yicha portlash xavfi mavjud ko‘pir qatlamlariga ishlov beruvchi shaxtalardagi konlarda chang-portlash xavfini aniqlash uchun lahimlarda mayda ko‘mir cho‘kindilari va chang namunalarini olish hamda tahlil qilish.
HKQQ bo‘linmalarida gaz tahlili laboratoriyalarining apparaturalari, jihozlari va materiallari
- OOG-2 hajmiy optik gaz analizatori
- GX-M turidagi indikator trubkalari to‘plamli (SO-0,25; SO-5; TP, SN4; O2; SO2; SO2-2; SO2-15; SO2-50) kimyoviy gaz aniqlovchi
- AK-IM (GK-1) kislorod gaz analizatori
- ShI-11 ili LI-4M turidagi Interferometr
- AERA
Gaz tahlili laboratoriyalari ishlovchilari uchun xavfsizlik texnikasi
Konda xatardan qutqarish qismlarining laboratoriyalaridagi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sog‘lom va xavfsiz sharoitning yaratilishini nazarda tutadi. Laboratoriya ishlovchilari tomonidan ishlashning asosiy qodilari va ehtiyotkorlik choralariga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlik laboratoriya boshlig‘iga yuklatiladi.
Laboratoriyaning ishchi xonalari toza, yorug‘, quruq va iliq bo‘lishi kerak.
- a) laboratoriyada yoritish yetarli darajada bo‘lishi kerak
- b) laboratoriya xonalari yaxshi ventilyasiyaga ega bo‘lishi kerak
- v) laboratoriya vodoprovod va kanalizatsiya bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Laboratoriya ishlovchilari quyidagi umumiy qoidalarga amal qilishlari kerak:
- yorliqsiz yoki yozuvsiz idishlarda hyech qanday moddalar qoldirmasliklari, moddani olganda yorliqni diqqat bilan o‘qishlari kerak;
- laborataoriyadagi hyech bir moddaning mazasini ta’tib ko‘rmaslik kerak, ehtiyotkorlik bilan hidlash kerak;
- idish ustiga engashmasdan va chuqur nafas olmasdan, bug‘ yoki gazni qo‘l bilan o‘z tomoniga yo‘naltirishi kerak.
Reaktivlar va zaharli gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari
Og‘ir kuyishlar yetkazishi mumkin bo‘lgan kuchli kislotalar va ishqorlardan foydalanganda alohida ehtiyotkorlikka e’tibor berish kerak. Kundalik ishlar uchun foydalaniladigan kuchli kislotalarni katta bo‘lmagan sig‘imi 1 – 2 l tiqini zich berkiladigan shisha idishda saqlash kerak To‘yingan sulfat kislotasi suv qo‘shib suyultirilganda kislotani suvga quyish kerak, aksinchasiga emas. Aks holda suyuqlik qaynashi va sachrashi yuz berishi mumkin. Kislotani ingichka oqim bilan yoki kichik porsiyalar bilan eritmani to‘htovsiz aralashtirib turgan holda quyish kerak. Katta idishlardan to‘yingan kislota va ishqorlarni quyishni ishlovchilarning ko‘zi va qo‘liga suyuqlik tomchilari tushishining oldini olish uchun himoya ko‘zoynagi va rezina qo‘lqoplarda amalga oshirish kerak.
O‘yuvchi ishqor, patron ohagi, yod, ikki xromli kislota (xrompik) va o‘yuvchi chang chiqaruvchi boshqa moddalar tuzlarini maydalashni tortish shkafida bajarish kerak yoki protivogaz kiyib bajarish kerak.
Laboratoriyalarda tez-tez zaharli gazlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Ular bilan mahoratsiz va e’tiborsiz ishlash ishlovchining o‘zi uchun ham atrofdagilarga ham og‘ir oqibatlar keltirishi mumkin.
Uglerod oksidi va vodorod sulfid ayniqsa xavflidir. Uglerod oksidi hidsiz, shuning uchun uni atmosferada aniqlash murakkab. Vodorod sulfid esa kuchli hidga ega bo‘lsa ham ammo bu gaz mavjud bo‘lgan atmosferada turganda dastlabki minutlardagina seziladi. Vodorod sulfid mavjud bo‘lgan atmosferada uzoqroq payt turganda vodorod sulfidning hidi sezilmay qoladi va ishlovchi o‘zi sezmagan holda undan zaharlanadi. Shuning uchun zaharli moddalar (uglerod oksidi, serovodorod, azot oksidlari, oltingugurt gazining sun’iy konsentarsiyalari) bilan ishlar tortish mo‘risi ostida bajarilishi kerak.
Barcha zaharli moddalar ogohlantiruvchi yozuvlar bilan ta’minlangan bo‘lishi va maxsus shkaflarda saqalanishi kerak.