Qonunchilik asosi
1. “yer qa’ri to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
41-modda. Neft va gaz ochiq fontanlarining oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha konda qutqaruvchi qismlar va xizmatlar
yer osti ishlarini olib boruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilarga konda qutqaruvchi qismlar tomonidan xizmat ko‘rsatilishlari kerak.
Konda qutqaruvchi qismlar to‘g‘risida Nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Izoh: konda qutqarish ta’minoti foydali qazilmalarni qazib olish va ishlov berish texnologik jarayoniga kiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli sanoat ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” Qonuni
11-modda. Xavfli sanoat ob’ektidagi avariya oqibatlarini lokalizatsiyalash va bartaraf etish harakatlariga tayyorgarlik bo‘yicha sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli sanoat ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot:
tegishli professional avariyaviy-qutqaruvchi xizmatlar bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzishi shart.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida” Qonuni
2-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv qismlari
7-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv qismlarini tashkil etish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv qismlari quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
Ob’ekt bo‘yicha: Qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun shaxsiy qutqaruv xizmatlari va qutqaruv qismlarining albatta mavjud bo‘lishi nazarda tutilgan tashkilotlarning qarori bo‘yicha
Izoh: Konda qutqaruvchi xizmatlar kon ishlari olib boruvchi yoki yer osti lahimlaridan foydalanuvchi korxonalarda yuz berish ehtimoli mavjud avariyalarning oldini olish, lokalizatsiyalash va bartaraf etish ishlarining olib borilishini ta’minlaydi.