Kon qutqaruvchilarning tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha malakasi oshirilmoqda.

Добавил:

2023 yil 17 oktyabr kuni “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, ekstremal vaziyatlarda kon qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchini evakuatsiya qilish tartibi xamda birinchi tibbiy yordam turlari va usullari to‘g‘risida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida, jabrlanuvchini avariya sodir bo‘lgan joydan to yer ustiga evakuatsiya qilish mobaynida ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tartibi, shikastlanishlarda tibbiy yordam ko‘rsatish usullari va qo‘llaniladigan asbob-anjomlar xamda evakuatsiya qilish tartibi bo‘yicha mashg‘ulot rahbarining ko‘rsatmalari bevosita shaxsiy tarkibni jalb qilgan holda amaliy tarzda bajarildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий