Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi va sportga bo’lgan qiziqishini yanada orttirish hamda jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida tananing funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar intensivligini oshirish maqsadida, kuni kecha “Olmaliq KMK” AJga qarashli “CHodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi ishtirokida jismoniy tayyorgarlik mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot davomida komandir yordamchisi tomonidan atletik va ko’p funksiyali trenajerlardan samarali va xavfsiz foydalanish, ishlash qoidasi va tananing qaysi qismiga yuklama tushishi to’g’risida kerakli ko’rsatmalari berildi.
Фев
2024
Об авторе: