Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish bo’yicha profilaktik tadbir o’tkazildi.

Добавил:

2024 yil 20 mayda “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi  hamda kon muhandis texnik hodimlar ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Razvedka” konida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Profilaktik tadbir jarayonida, konni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiqligini monitoring qilish hamda konda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni oldini olishga yunaltirilgan tadbirlar ko’zdan kechirilib, konni shamollatish tizimi revers holatida ishlashi o’rganildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий