Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan.

Добавил:

2024 yil 30 mayda “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibini kon havosidan namuna olishda qoʻllaniladigan asbob-anjomlar toʻgʻrisidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, nazariy va ko’rgazmali o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Mashg’ulotda, kon havosidan namuna olish orqali kon laximlarini changlanish darajasini aniqlashga moʻljallangan avtomatik ejector (boʻgʻ kuchi bilan ishlaydigan mexanizm) kon aspiratori (AERA) xamda kon havosidan oʻrta hisobda namuna olish bilan undagi zararli tarkibiy qismlarni aniqlashga moslashtirilgan BRIZ-1 aspiratorining ishlatilish maqsadi, texnik tavsifi, xususiyatlari va foydalanish uslubi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari yetkazildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий