HKQQ shtabi boshligʼi tomonidan 2023 yil 25 dekabrda tasdiqlangan jadvalga asosan, HKQQ shtabining 2024 yil 28 maydagi 63-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 31 may kuni 2-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish boʼyicha amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli oʼrganish oʼtkazildi.
Oʼrganish jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirigʼiga muvofiq, ishlar olib borilayotgani xamda Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi «Kontexnazorat» inspeksiyasi buyruqlari, farmoyishlari, Hayʼat majlisi qarorlari, topshiriqlari, HKQQ shtabi buyruq va farmoyishlari ijrosini oʼz vaqtida bajarilishini taʼminlashiga alohida eʼtibor qaratildi. Oʼrganish natijasiga koʼra, 2-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha maʼlum boʼlgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli yordam koʼrsatilgan holda dalolatnoma rasmiylashtirildi va joriy yil 1-yarim yil yakuni boʼyicha HKQQ bosh mutaxassislari va boʼlinma komandirlari tarkibi ishtirokida oʼtkaziladigan yigʼilish kun tartibiga muxokama sifatida kiritilishi belgilandi.
Июн
2024
Об авторе: