Gaz-tahlil laboratoriyasi faoliyatidan!

Добавил:

“DKZ” AJ TKMga xizmat ko’satuvchi “Dehqonobod” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi (HKQV) hamda “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza kon boshqarmasi” obyektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza”  HKQVzvod shaxsiy tarkibini kon havosidan namuna olishda qoʻllaniladigan asbob-anjomlar va yuritiladigan hujjatlar to’g’risidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulotda, kon havosidan namuna olish orqali kon laximlarini changlanish darajasini aniqlashga moʻljallangan BRIZ-1 aspiratori hamda kon havosidagi gazlarni joydan turib  o‘lchash uchun mo‘ljallangan AM-5 aspiratorlaridan foydalangan holda er ostidagi zararli gazlarning tarkibiy qismlarini aniqlash, ishlatilish usullari, texnik tavsifi, xususiyatlari shaxsiy tarkibga yetkazildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий