“Oʻzbek tili — milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!”

Добавил:

Til – millatning maʼnaviy boyligidir. Bu orqali har bir millat dunyo sahnasida oʻzini, oʻzligini, maʼnaviy va siyosiy qiyofasini, asosiysi, jonajon tilining shaklu shamoyilini yuksak ifodalaydi va namoyon etadi. Shuning uchun ham har bir davlat oʻz ona tili bilan qudratlidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki har bir xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi demakdir.
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismining barcha bo‘linmalarida ona tiliga bag’ishlab shaxsiy tarkib o’rtasida Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o‘tdi.

Tadbirda komandirlar tarkibi tomonidan o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий