Yer osti lahimlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish va uni kengayib ketmasligi oldini olish hamda yong’in ortida qolgan odamlarni qutqarish kabi kon-qutqaruv ishlarini to’g’ri tashkillashtirishda, kon-qutqaruvchilardan yuqori bilim va tajriba hamda oʻt oʻchirish vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha maxsus mahorat talab etiladi.
Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon-qutqaruvchilarning maxsus tayyorgarlikligini mustahkamlab borish maqsadida bo’linma “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”ga muvofiq, bo’linma o’quv shaxtasida amaliy mashg’ulotlar o’tkazilib turiladi.
Ana shunday mashg’ulotlardan biri kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi HKQOtryadi o’quv shaxtasida taktik tayyorgarlik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Oʻquv mashgʻulotda yer osti tik, qiya va gorizontal lahimlarda kelib chiqadigan yongʻinlar koʻlamini kengayib ketmasligi uchun suv qalqonini hosil qilish va masofadan turib yongʻinni oʻchirishda maxsus oʻt oʻchirish suv purkagichlar (VVR-1, MVR-3) qurilmalaridan samarali foydalanish bo’yicha bilim va mahoratlari yanada mustahkamlandi.
ShareОкт
2024
Об авторе: