
HKQQ bo’linmalarida ijro intizomi holati va kadrlar ishlarini yuritilishi hamda “Jismoniy va sport mashg’ulotlarini o’tkazish sport zallari va undagi sport jihozlari holatini o’rganish, shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringini olib borish bo’yicha 2025 yil ikkinchi yarim yillikda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar jadvali”ga muvofiq joriy yilning 21-22 avgust kunlari, HKQQ boshlig’ining kadrlar ishi va umumiy masalalar bo’yicha yordamchisi M.Iminov va tezkor-texnik bo’limi muhandisi O.Nazirovlar tomonidan “Olmaliq KMK” AJning “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Namangan viloyati Chodak shahrida joylashgan 5-AHKQVzvodiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida boʻlinmada kadrlar ishi va ijro intizomi boʻyicha yuritilayotgan xujjatlarning Mexnat Kodeksiga muvofiqligi, joriy qilingan yagona milliy bazasini shakillantirishda amalga oshirilgan ishlar hamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha egallagan amaliy bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish maqsadida nazorat mashqlari olib borildi.




Авг
2025
Об авторе: