Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat rivojlanishining eng muhim tamoyili

Posted by:

2017 yil 13 yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyatini yetkazilishiga qaratilgan  HKQQ shtabi shaxsiy tarkibi ishtirokida seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Seminar yig‘ilishni HKQQ boshlig‘i M.M.Abdibaev olib bordi.

Erkin va farovon davlat qurish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra tobora keng qamrov kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi zamirida ham barcha sohada insonparvar, demokratik tamoyillar ustuvorligini mustahkamlash, inson sha’nini ulug‘lash, ayniqsa, davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirish maqsadlari mujassamlashgan.

2017 yil 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi   Qonuni qabul qilindi.

Qonunnining ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda uning mazmun mohiyati, ahamiyatini keng targ‘ib etishimiz lozim. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash  tizimimiz xodimlaridan ham  katta ma’suliyat talab etadi.

Qonunning asosiy  maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari:

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

tizimlilik;

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

javobgarlikning muqarrarligi.

         Seminar yig‘ilishi yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  ma’lumot  olgan holda, o‘zlarining siyosiy-xuquqiy bilimi va ko‘nikmalarini mustaxkamlashdi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment