O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” bo‘linmalarida 2016 yil davomida olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya- xo‘jalik ishlari bo‘yicha yil yakunlariga bag‘ishlangan semenar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Posted by:

2017 yil 7-8 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” (HKQQ) Shtabi raxbar xodimlari va barcha bo‘lim komandirlari ishtirokida HKQQ bo‘linmalarida 2016 yil davomida olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha yil yakunlariga bag‘ishlangan semenar-yig‘ilish o‘tkazildi.

Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi boshlig‘i M.M.Abdibaev  2017 yil   14 yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining mamlakatimizning  2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini xar tomonlama taxlil qilish xamda respublika xukumatinnng 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muxim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi natijalari va majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning  ma’ruzasi xaqida xamda «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi 2016 yil ish yakunlari bo‘yicha  ma’ruza qilib yig‘ilishni olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezndenti Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni va mamlakatni o‘rta muddatli istiqbolda yanada islox qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016 yilda iqtisodiy o‘sishning barqaror va yuqori sur’atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni aholi xayot darajasi va sifati oshishini ta’minlaganligi qayd etib o‘tildi.

Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzasida mavjud xal bo‘lmagan muammolar va to‘liq ishlatilmagan zaxiralarni batafsil va xar tomonlama muxokama qilgan holda  2017 yildagi respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muxim strategik vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklif kiritdi. Ustuvor vazifalar qatorida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida axoli bilan doimiy va ochiq muloqotni rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatinn, uning moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy sibsatni faol davom ettirish masalalari markaziy o‘rinni egalladi.

HKQQ boshlig‘i, shuningdek, 2017 yil 21 yanvarda “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasining 2016 yil nazorat-profilaktika ishlari yakuni va 2017 yilga mo‘ljallangan muhim ustuvor vazifalar  bo‘yicha o‘tkazilgan  hay’at majlisi xaqida xam ma’lumot berdi.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” shtabi va bo‘linmalari tomonidan 2016 yil mobaynida olib borilgan ishlar xar tomonlama muxokama va tahlil qilindi.

Kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qism bo‘linma komandirlari xisobot berib o‘tdilar.

Berilgan ma’lumot, hisobot va muzokaralardan kelib chiqib,  O‘zbekiston Respublikasi Perezidenti tomonidan 2017 yil –“Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan ushbu dasturdan kelib chiqgan holda, HKQQ tizimida  2017 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment