2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqarish vzvodida, vzvod shaxsiy tarkibi tog‘-kon qutqaruvchilari ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Posted by:

2017 yil 20 aprel kuni 2-AHKQVdi shaxsiy tarkibi tog‘-kon qutqaruvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” boshlig‘i M.M.Abdibaev  tomonidan  sayyor  yig‘ilish o‘tkazildi.

Sayyor yig‘ilishni HKQQ boshlig‘i – M.M.Abdibaev., 2-AHKQV komandiri – S.M.Shamirov  olib bordi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilni mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilgani va 2017 yil uchun Respublika Xukumatining iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2017-2021 yillarda  O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etilishi, shuningdek, respublikaning barcha xududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari faoliyat ko‘rsatishi “Inson manfaatlari xamma narsadan ustun” degan olijanob g‘oyaning xayotga izchil va samarali joriy etilishi ta’minlanishi, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi tadbirlarini faol amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumat tomonidan davlat tizimini yanada isloh qilish va davlat xizmatlarini sifatini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish tizimini soddalashtirish va kengaytirish, yo‘l transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan  100 dan ortiq qonun xujjatlari qabul qilindi.

Xususiy mulkni ishonchli himoya qilishni yanada ta’minlash va davlatning iqtisodiyotidagi ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilishi bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da Davlatimiz rahbari Respublikamizning viloyatlari, Mamlakatimizning poytaxti Toshkent shahrining bir qator tumanlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning borishi bilan yaqindan tanishish hamda halq bilan muloqot qilish maqsadida joylarda o‘z tashriflarini o‘tkazmoqda.

Respublikamizni rivojlantirish hamda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan ishlab chiqilgan loyixalar bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan har bir loyixa bo‘yicha fikr bildirib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

2-AHKQV shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savolarga to‘lik javob olgan holda, sayyor yig‘ilishni tashkil qilgan HKQQ rahbariyatiga  o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Yig‘ilish yakunida HKQQ boshlig‘i M.Abdibaev 2-AHKQV shaxsiy tarkibi tog‘-kon qutqaruvchilariga Respublikamizning rivojlanishiga hamda HKQQismi faoliyatini yanada takomillashtirishda o‘zlarining  mashaqqatli va  halol  mehnatlari bilan hissa qo‘shishga muvafaqqiyatlar tiladi.

 

 

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment