O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2017 yil 7 iyuldagi 14-sonli, hamda 17 iyuldagi 15-sonli Xay’at majlisida ko‘rilgan masalalar yuzasidan 2017 yil 25 iyul kuni HKQQ shtabi xodimlari va AHKQV komandirlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
HKQQ boshlig‘i M.M.Abdibaev kirish so‘zi bilan boshlab, jumladan quyidagilar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Qonuning qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2752-sonli qarori hamda 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi farmonida belgilangan bir qator vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Qonuning qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, HKQQ barcha bo‘linmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha vzvod shaxsiy tarkibining huquqiy bilimini oshirish, hamda yoshlar bilan ishlash yuzasidan, davlat tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining huquqiy va amaliy vakolatlari va imkoniyatlari, imtiyozlari to‘g‘risida o‘quv seminarlari tashkil etilishi belgilandi.
Share
IYL
2017
About the Author: