O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan 2017 yil 23 oktyabrda tasdiqlangan “Sanoat va radiatsiya xavfsizligiga oid normativ-huquqiy xujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatining nazorat ostidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida tushintirilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”ning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2017 yil 24 noyabr kuni HKQQismi shtabi xodimlari va 1,2,5,7,8,9 va 10-AHKQV komandirlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” bo‘yicha seminar o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni HKQQ boshlig‘i M.Abdibaev olib bordi.
Yig‘ilishda yuridik malakaga ega, Angren shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sud a’zosi 2-AHKQ vzvod komandir yordamchisi A.Ismoilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qaror va farmoyishlari mazmun mohiyati yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga ma’ruza qildi.
Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi davlat siyosati inson huquqlari va erkinliklarining birlamchi ahamiyatga ega ekanligi, Konstitusiya va Qonunlarning ustunligi, demokratlashuv, ijtimoiy adolat, huquqiy tarbiyaning ilmiyligi, izchilligi va umumiyligi, huquqiy ma’lumotlarning ochiqligi kabi asosiy qoidalarga tayanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Xukumatimiz tomonidan bir qator Farmon va qarorlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Ushbu o‘ta muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1997 yil 25 iyunda qabul qilingan «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi Farmoni alohida ahamiyat kasb etdi.
Mamlakatda ijtimoiy adolat tantana qilishi, tinchlik va barqarorlik hukm surishiga uch sub’ektning, ya’ni davlat, jamiyat va fuqarolarning o‘zaro munosabatlaridagi qonuniylik asos bo‘ladi. Mazkur munosabatlarda uyg‘unlikka, manfaatlar mutanosibligiga erishilsagina adolatli jamiyat barpo etiladi.
Demokratik huquqiy davlat yuksak darajadagi huquqiy madaniyatga tayanishi haqidagi muhim metodologik qoida jamiyatimiz a’zolari tomonidan o‘z vaqtida anglab yetildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» hamda uni hayotga tatbiq etishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilingani buning yaqqol isbotidir.
Erkin va farovon davlat qurish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra tobora keng qamrov kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi zamirida ham barcha sohada insonparvar, demokratik tamoyillar ustuvorligini mustahkamlash, inson sha’nini ulug‘lash, ayniqsa, davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirish maqsadlari mujassamlashgan.
2017 yil 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda «korrupsiya», «korrupsion huquqbuzarlik» va «manfaatlar mojarosi» kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.
Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kiritilgan.
Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.
Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.
Qonunnining ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda uning mazmun mohiyati, ahamiyatini keng targ‘ib etishimiz lozim. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tizimimiz xodimlaridan ham katta ma’suliyat talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev qisqa vaqtda keng olamshumul ishlarga qo‘l urib yoshlar uchun arzon baxoda kitoblar nashr etish va kutubxonalar tashkil etish, maxallalarda kitob do‘konlari ishini rivojlantirish to‘g‘risida farmoyish va qarorlar qabul qildi. Bu yaqin yillarda o‘z samarasini berishi aniq.
Ayniqsa «Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunni ko‘pchilik zo‘r ishtiyoq bilan qabul qildi. Chunki bu odamlarda xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatni yuksaltiradi.
Respublikamizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida ularning har bir murojaati e’tibordan chetda qolmasligi, qonunlar ijrosini ta’minlashga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
Respublikamizning davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va barcha xokimyat tizimida Halq qabulxonalari tashkil etildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan partiyalarning ishtiroki fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish bilan birga huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Partiya faollari tomonidan keng jamoatchilik orasida amaldagi qonunlar targ‘iboti, ularning ijrosini ta’minlash har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi va bu demokratik jamiyatni barpo etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirishga qaratilgan harakatlar strategiyasi va unda belgilangan vazifalar xususida so‘z yuritildi. Mazkur xujjatda oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri aynan qonun ijrosi va bu borada fuqarolarning faolligini oshirish bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, amaldagi qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish bilan aholining xuquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qonun ustivorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan seminar o‘quv mashg‘ulotini tashkillashtirgan HKQQ rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Share
DEK
2017
About the Author: