O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” bo‘linmalarida 2017 yil davomida olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya- xo‘jalik ishlari bo‘yicha yil yakunlariga bag‘ishlangan semenar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Posted by:

2018 yil 30-31 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi “Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” (HKQQ) shtabi raxbar xodimlari va barcha bo‘lim komandirlari ishtirokida HKQQ bo‘linmalarida 2017 yil davomida olib borilgan tezkor, profilaktik va moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha yil yakunlariga bag‘ishlangan semenar-yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan  2017 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida muxokama qilingan masalalar hamda 2017 yil 29 dekabr kuni  “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2017 yilda nazorat-profilaktika ishlari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan  Xay’at majlisi  va unda belgilagan vazifalar to‘g‘risida HKQQ boshlig‘i M.M.Abdibaev  ma’ruza qildi.

“Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi” shtabi va bo‘linmalari tomonidan  2017 yil mobaynida olib borilgan ishlar har tomonlama tanqidiy muxokama va tahlil qilindi.

Seminar yig‘ilish yakunida berilgan ma’lumot, hisobot va muzokaralardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Perezidenti tomonidan  2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan ushbu dasturdan kelib chiqgan holda, HKQQ tizimida  2018 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment