Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni oʻrganish va shaxsiy tarkibning kon laximlaridan oʻtish mashgʻuloti oʻtkazildi.

Posted by:

Xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni bartaraf etishda kon qutqaruvchilardan nafaqat maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlarni samarali qoʻllay olishi yoki jismoniy yetuklikga erishilgan boʻlishligi balki avariya sodir boʻlgan xududning nomi va joyini xamda ABER chizmasiga muvofiq oʻtish yoʻllarini puxta oʻzlashtirganligini talab etadi.
Shu munosabat bilan kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkib ishtirokida, ABERni oʻrganish va temir konstruksiyadan yasalgan tor kon laximidan epchillik bilan oʻtish va tana harakatini ushbu sharoitga moslashtirish maqsadida maxsus tayyorgarlik mashqlari olib borildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment