Joriy yilning 14-aprel kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQV shaxsiy tarkibi ishtirok etgan holda avariya-qutqaruv ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar toʻgʻrisida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
oʻquv mashgʻulot jarayonida boʻlimma shaxsiy tarkibiga avariya-qutqaruv ishlarida qoʻllaniladigan gidroyuritmali kengaytirgich, kombinatsiyalangan asbob va har xil turdagi temir konstruksiyalarni kesishda va ajratishda ishlatiladigan gidravlik qaychining tuzulishi, vazifasi, oʻziga hos afzalliklari, maxsus taktik-texnik xususiyatlari va imkoniyatlari xamda foydalanish qoidalari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.
ShareAPR
2023
About the Author: